Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyga egalik uchun ayol sobiq eriga 55 mln so‘m berdi

Uyga egalik uchun ayol sobiq eriga 55 mln so‘m berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudiga fuqaro S.Yakubov tomonidan javobgar D.Qo‘shmuratova bilan xususiy uy-joy fondidan foydalanish, tasarruf etish, egalik qilish bilan bog‘liq nizolar to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilgan.

Sudning umumiy foydalanishda bo‘lgan uyga egalikni D.Qo‘shmuratovada qoldirish va undan S.Yakubov foydasiga 55 240 278 so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limiga kelib tushgan.

Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida 55 240 278 so‘m pul mablag‘lari to‘liq undirib berilib, ijro hujjatining ijrosi amalda ta’minlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring