Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uydan haydashsa, chiqib ketish shart emas...

Uydan haydashsa, chiqib ketish shart emas...

Illyustrativ foto

Huquqshunos Akbarshoh Teshaboyevga ko‘ra, shaxsni ro‘yxatda turgan uyidan chiqarish faqat sud orqali amalga oshirilishi mumkin. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu haqda tushuntirish berdi.

«Bu mening uyim, chiq!» kabi gaplar hayotda ko‘p uchraydi. Ammo qonun gapni emas, faktni himoya qiladi. Agar fuqaro uyda doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan bo‘lsa, uni sud qarorisiz chiqarib yuborish mumkin emas.

Huquqshunosning ta’kidlashicha, hatto uy egasi bo‘lgan ota-ona, turmush o‘rtoq yoki boshqa qarindosh ham shaxsni o‘sha manzildan chiqarish uchun sudga murojaat qilishi shart.

«Otam bo‘lsa ham, «chiq» degani bilan chiqmayman, erim aytsa ham shunday! Chunki men bu yerda doimiy ro‘yxatda turaman. Garchi oilaviy munosabatlarimiz tugasa ham, bu yerda yashash huquqim bor!», deya javob qaytarishni maslahat beradi mutaxassis.

Sizga hech kim uydan «chiq» deya olmaydi, agar doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda bo‘lsangiz.

Teshaboyevning so‘zlariga ko‘ra, qonunni bilish — o‘zini himoya qilishning eng muhim sharti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring