Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi soddalashtirildi

Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish tartibi soddalashtirildi

2022-yil 1-dekabrdan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan chiqarib tashlanadi. Subsidiyaga talabgorlarni tanlab olishda ma’lumotlar subsidiya.idm.uz dasturida yig‘iladi.

2022-yil 1-noyabrga qadar 2020-2022-yillar dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan fuqarolarga ipoteka krediti foizlarining bir qismini qoplash bo‘yicha to‘lanmay qolgan subsidiyalarni to‘liq to‘lash choralari ko‘riladi.

2021-yil dasturi doirasida subsidiya ajratish to‘g‘risida xabarnoma olgan Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turadigan fuqarolarga Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olish huquqi beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring