Uy firibgari qo‘lga tushdi
Tanishining kvartirasini aldov yo‘li bilan sotib yuborgan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro qo‘lga olindi.
Toshkent viloyat IIB tergov boshqarmasi xabar berishicha, Toshkent shahrida yashovchi F.X. (1989-yilda tug‘ilgan) tanishi — Samarqand viloyatida yashovchi uy bekasi Yu.M.ning ishonchiga kirib unga qarashli, Chirchiq shahrining 10-kichik tumanida joylashgan kvartirani firibgarlik yo‘li bilan 2017 yil 10 aprel kuni sotib yuborgan.
Chirchiq shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2018-yil 3-iyun kuni holat yuzasidan O‘zR JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter