Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uxanning 11 million aholisi koronavirusga test topshiradi

Uxanning 11 million aholisi koronavirusga test topshiradi

Foto: «Dreamstime»

Xitoyning Uxan shahrida yashovchi aholidan 10 kun ichida koronavirusni aniqlash uchun test olinadi. Kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lgan shaharda yana koronavirus qayd etila boshlaganidan so‘ng shu qarorga kelindi.

Uxanda 4-aprel kuni oxirgi marta koronavirus qayd etilgandi, bir oydan ko‘p vaqt o‘tib, 9-may kuni bir insonda koronavirus topildi, yana 16 nafar simptomsiz tashuvchi aniqlandi — barcha holatlar mahalliy, ya’ni virus chetdan olib kelinmagan. Keyingi kuni simptomsiz tashuvchilarning besh nafariga koronavirus tashxisi qo‘yildi. Shaharning Dunsixu tumanida epidemiologik xavf past daraja (yashil)dan o‘rta daraja (sariq)ga ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, butun dunyoga koronavirus tarqagan ushbu shahar epidemiya sababli 76 kun tashqi dunyodan uzib qo‘yilgandi. Uxanda epidemiya davrida 50 339 ta yuqtirish holati aniqlanib, 3 869 tasi o‘lim bilan tugadi. Kasallik chekinganidan so‘ng, 8 aprel kuni karantin bekor qilinib, shahardan chiqish va kirishga ruxsat berilgandi.

Shaharga epidemiya qaytayotganidan xavotirga tushgan Xitoy hukumati Uxan shahrida yashovchi barcha insonlarni qayta testdan o‘tkazmoqchi. Shaharda 11 million kishi yashaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring