Uxanlik virusologning rafiqasi pandemiyadan avval koronavirusdan o‘lgani aytilmoqda
Uxan virusologiya instituti xodimlaridan birining rafiqasi pandemiya boshlanishidan oldin koronavirusdan vafot etgani aytilmoqda. Bu haqda Daily Caller nashri AQSh Davlat departamentining sobiq xodimi Devid Asherga asoslanib xabar bergan.
Donald Tramp ma’muriyati davrida Asher koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha tekshiruv olib borgan. Uxan shahridagi Virusologiya instituti xodimining rafiqasi 2019-yil dekabrida COVID-19 qurbonlaridan biri bo‘lganligi haqidagi ma’lumotni ushbu laboratoriyaning boshqa xodimi Asherga bergan.
Devid Asherning so‘zlariga ko‘ra, xitoylik rasmiylar 2019 yil noyabr va dekabr oylarida koronavirusdan vafot etganlik statistikasini yashirganlar.
Tramp ham koronavirusning kelib chiqishida Xitoy hukumatini ochiqdan ochiq ayblab kelgandi.
Avvalroq, britaniyalik professor Angus Dalglish va norveg virusologi Birger Sorensen koronavirus sun’iy yaratilgani borasida «dalillar»ni topishganini ma’lum qilgan.
Mazkur talqinga ko‘ra, «xitoylik olimlar, jumladan, Amerika universitetlari bilan birgalikda SARS-Cov-2 yaratish uchun asbob-uskunalar yasashgan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter