Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uxanga ulkan tornado yopirildi

Uxanga ulkan tornado yopirildi

Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida yuz bergan tornado oqibatida olti kishi halok bo‘ldi va 218 kishi jarohat oldi, deya xabar beradi shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

«So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida soat 4.30 ga qadar olti kishi halok bo‘lgani, 218 kishi jarohat olgani, 27 ta uy vayron bo‘lib, 400 ta uy, ikkita minorali kran va vaqtinchalik inshootlar… taxminan 8 ming kvadrat metr maydon zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi», deyiladi xabarda.

Shahar va viloyat hokimiyati qurbonlar sonini kamaytirish uchun qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlab yuborgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring