Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xizmat haqqini bermagan xonadon egasi uyida noxush hodisa sodir bo‘ldi

Xizmat haqqini bermagan xonadon egasi uyida noxush hodisa sodir bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

Andijon viloyatining Paxtaobod tumani Poshshombog‘i ko‘chasida yashovchi 49 yoshli V.X.ning yashash xonadonida 2021 yilning 10 dekabr kuniga o‘tar kechasi noxush hodisa ro‘y berdi.

Qayd etilishicha, 27 yoshli T.Z.  g‘ayriqonuniy ravishda xonadonga kirib,  uy egasi bilan janjallashgan va xo‘jalik pichog‘i bilan uning qorin, orqa kurak va qo‘l sohalariga urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan «og‘ir» tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Natijada V.X. olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-modda 2-qismi «L» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov jarayonida, T.Z. joriy yilning sentyabr oyida jabrlanuvchi V.X.ning buyurtmasiga asosan, uning yashash xonadonida ta’mirlash ishlarini olib borgan. Ammo ta’mirlash ishlarini yaxshi bajarmagani sababli V.X. tomonidan unga 250.000 so‘m xizmat haqqi bermagan. Janjal shu sababli vujudga kelgan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring