Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ushbu haftada ob-havo 15 darajagacha isiydi – Gidrometeorologiya xizmati

Ushbu haftada ob-havo 15 darajagacha isiydi  – Gidrometeorologiya xizmati

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

1-3-dekabrda O‘zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi hududidan iliq va biroz nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Ko‘pchilik viloyatlarda havo bulutli bo‘lishi, respublikaning ayrim hududlarida (Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Surxondaryo viloyatlaridan tashqari) biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq atrofida, 2-dekabrda ba’zi joylarda 12 daraja iliqqacha bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning janubida shu kunlarda havo harorati 13-15 daraja iliqqacha bo‘ladi.

4-dekabrda Qozog‘iston hududlari ustida antitsiklon kuchaya boshlaydi va shimoli-g‘arbiy oqimlar bilan sovuq havo O‘zbekiston hududlariga kirib keladi. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqacha pasayadi, bu me’yordan 3-5 darajaga pastdir. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring