Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertadan O‘zbekistonda havo keskin sovishi kutilmoqda

Ertadan O‘zbekistonda havo keskin sovishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya xizmatiga ma’lumotiga ko‘ra, 23-26-fevralda O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa qismi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

23-fevralda respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 24-fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Havo harorati 24-fevralda kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi, 25-26-fevralda harorat kechalari 7-12° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha pasayadi.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 23-fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 24- fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24-25-fevralda Qoraqalpog‘istonda harorat kechalari 17-22° sovuqgacha, kunduz kunlari 10-15° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 12-17° sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10° sovuqgacha pasayadi.

23-25-fevralda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring