Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ushbu hafta havo salqin bo‘ladi — «O‘zgidromet»

Ushbu hafta havo salqin bo‘ladi — «O‘zgidromet»

Foto: «Xabar.uz»

O‘tgan dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Ural hududlaridan salqin havo kirib keldi va havo harorati barcha joylarda 29-32 darajagacha, janubiy hududlarda 34-35 darajagacha pasaydi.

Bugun va ertaga respublika hududi bo‘yicha salqin ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari 13-16 daraja, kunduz kunlari 27-32 daraja, janubda 35 darajagacha bo‘ladi. Bu avgust oyi o‘rtasi uchun me’yoriy qiymatlardan 2-4 darajaga pastdir.

Hafta o‘rtasidan salqin havo massasi respublika hududidan asta-sekin chekina boshlaydi, havo harorati ko‘tariladi va hafta oxiriga kelib, kechalari 17-20 daraja, kunduz kunlari 34-37 daraja atrofida bo‘ladi.

Ushbu kunlarda hududning katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida bugun kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

14-15 avgust kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.

Poytaxtimizda 14-18 avgust kunlari havo kam bulutli bo‘ladi. Bugun va ertaga harorat 29-32 daraja bo‘ladi, so‘ng 34-37 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi. Hafta boshida harorat kechasi va ertalab 13-16 daraja, hafta oxiriga kelib 17-20 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring