Useyn Bolt o‘zining tug‘ilgan kunida koronavirusni yuqtirib oldi
Yugurish bo‘yicha sakkiz karra Olimpiya chempioni Useyn Bolt koronavirusga chalindi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.
Nashrning ma’lum qilishicha, yamaykalik sportchi 21-avgust kuni 34 yoshga to‘lganini nishonlagandan so‘ng bir necha kun o‘tgach topshirgan test natijalari musbat chiqdi. Tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etilgan bazmda ko‘plab taniqli insonlar ishtirok etishgan. Ular orasida futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasi va «Manchester Siti» hujumchisi Raxim Sterling ham bo‘lgan.
Hozir Bolt izolyasiyada. Uning sog‘lig‘i borasidagi tafsilotlar ochiqlanmayapti.
2017-yil avgust oyida Bolt yengil atletikadagi karerasini yakunladi. So‘ngra yamaykalik sportchi professional futbolchi bo‘lishga urinib ko‘rdi, biroq 2019-yil yanvar oyida sportni uzil-kesil tark etganini e’lon qildi.
Bolt — yugurish bo‘yicha 8 karra Olimpiya chempioni va 11 karra jahon chempioni. Shuningdek, 100 metr (9,58 soniya) va 200 metr (19,19 soniya) masofaga yugurish bo‘yicha sayyoramizning amaldagi rekordchisi sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter