Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Urush alangasi butun mintaqani qoplamasdan uni to‘xtatish kerak» – To‘qayev

«Urush alangasi butun mintaqani qoplamasdan uni to‘xtatish kerak» – To‘qayev

Yaqin Sharqdagi ziddiyat global miqyosda axboriy-mafkuraviy ziddiyatning yangi to‘lqinini yuzaga keltirdi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Minsk shahrida o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) sessiyasidagi chiqishida gapirdi.

«G‘azo sektori atrofidagi hodisalar dunyo hamjamiyatini kamida ikki lagerga bo‘ldi. Urush olovi barcha mamlakatlar va qit’alarni o‘z domiga olmasdan uni to‘xtatish kerak... Ziddiyat oqibatida ko‘p sonli begunoh odamlar, jumladan, bolalar aziyat chekmoqda. Bunga toqat qilib bo‘lmaydi», – dedi Qozog‘iston rahbari.

Q.To‘qayev G‘azoda kuchga kirayotgan gumanitar tanaffusni olqishlagani holda ixtilofni to‘la-to‘kis hal etish choralarini ko‘rishga undagan. 

«Nihoyat, BMT shafeligida «Ikki xalq uchun ikki davlat» formulasi asosida falastinliklar huquqini ta’minlash va to‘laqonli davlat tashkil etish lozim. Ushbu mushkul vaziyatda BMT Xavfsizlik kengashi rezolyusiyalariga so‘zsiz itoat etish va xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilish muhimdir, – degan u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring