Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgut hokimiyati ommaviy zaharlanishni tasdiqladi va rad etdi

Urgut hokimiyati ommaviy zaharlanishni tasdiqladi va rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi «Jozmon» mahallasidagi to‘yxonada ommaviy zaharlanish va yuqori temperatura tashxisi bilan odamlar shifokorga murojaat qilganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan tuman hokimligi bayonot bergan. 

«19-iyul kuni kech soat 22:00 atrofida Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ikki nafar bemor oziq-ovqatdan o‘tkir zaxarlanishga gumon tashxisi bilan bo‘limga olib kelingan.

Bemorlar bilan suhbatda ular to‘yda turli salatlar yeganini ma’lum qilishdi. Shifokorlar tomonidan kelgan bemorlarga kerakli muolajalar o‘tkazildi.

Tuman sanitariya va osoyishtalik markazi xodimlari hamda uchastka tibbiyot xodimlari bemorlarning yashash hududidagi kasallikka gumonlanganlarni tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar shifoxonaga ko‘zatuvga olib kelingan.

Gumondorlar tekshiruvdan o‘tkazilib, qonikarli ahvoldaligi sababli uyiga javob berilgan. Hozirgi vaqtda shifoxonada ikki nafar bemor kuzatuvda. Ularning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.

Holat «Jozmon» mahallasi emas, «G‘ishtmachit» mahallasida sodir bo‘lgan.

Urgut tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi 80 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun qo‘shimcha 10 ta o‘rin tashkil etilgan. Ayni paytda yuqumli kasalliklar bo‘limida 85 nafar bemor davolanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 200 nafarga yaqin odamlar Urgut tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotibdi deb tarqalgan xabar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qilamiz», deyiladi hokimlik xabarida.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Urgut tumani hokimligi «Urgutda ommaviy zaharlanish qayd etilmagan» deya xabar bera turib, ichida 85 kishi zaharlanish tashxisi bilan davolanayotganini aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring