Urgutda qalbaki AQSh dollarini sotayotganlar ushlandi
Departamentning Samarqand viloyati, Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Urgut savdo kompleksining darvozasi oldida fuqaro F.B. jami 2.300 AQSh dollari miqdordagi qalbaki kupyuralarni sotayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning tuman bo‘limi tomonidan JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter