Urganchda 8 kishi «Kobalt» haydovchisini pichoqlab ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Urganchda 8 nafar shaxs «Kobalt» haydovchisini pichoqlab ketgani va jabrlanuvchi voqea joyida vafot etganligi haqida videoyozuv tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati hodisa yuzasidan bayonot berdi.
Aytilishicha, videoyozuvda aks etilgan holat bo‘yicha 2 iyun kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qolgan 7 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan ayb e’lon qilinib, 1 nafariga «qamoqqa olish» va 6 nafariga «munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat» ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Ohangarondagi ayanchli voqea keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter