Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganch xalqaro aeroporti «Еng yaxshi aeroport» xalqaro tanlovida sovrindor bo‘ldi

Urganch xalqaro aeroporti «Еng yaxshi aeroport» xalqaro tanlovida sovrindor bo‘ldi

Foto: MAK matbuot xizmati

«Urganch» xalqaro aeroporti 2017-yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha «Aeroport rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun» nominatsiyasida g‘alaba qozondi va «MDH davlatlarida eng yaxshi aeroport» tanlovining sovrindoriga aylandi. Bu haqida O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi rasmiy saytida xabar berildi.

«Aeroport» FA uyushmasi tomonidan har yili tashkil etiladigan mazkur nufuzli tanlovda Urganch shahri aeroporti 2012-yildan buyon ishtirok etib, o‘tgan davr davomida qator yo‘nalishlarda tengsiz deb topilgan. Xususan, 2012-2014-yillarda «Ishlab chiqarish rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun», 2015-yilda «MDH davlatlarida eng yaxshi aeroport», 2016-yilda «Shiddat bilan rivojlanayotgan aeroport» va «Turizm rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun» kabi nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan.

O‘tgan yilda «Urganch» xalqaro aeroportida 1567 qatnov va 282136 yo‘lovchi, shu jumladan 43848 nafar xorijiy sayyohga xizmat ko‘rsatildi, 16649 tonna yuk, 11,141 tonna pochta va 14,305 tonna pullik bagaj jo‘natildi.

Bu yilgi yoz mavsumida ham aeroport «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK samolyotlarida, jumladan, Parij, Milan, Rimdan amalga oshirilayotgan charter qatnovlarida Urganch shahriga tashrif buyurayotgan ko‘plab turistlarni qabul qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring