Ural hududidan sovuq va nam havo massalari kirib keldi — O‘zgidromet
Kecha O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Ural (Rossiya) hududidan sovuq va nam havo massalari kirib keldi.
Bugun va ertaga antitsiklon mamlakatimizning barcha hududlariga ta’sir etadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanadi, faqat respublikaning shimoliy hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Chorshanba kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Ushbu kunlarda harorat foni o‘rtacha iqlimiy qiymatlardan 6-8 daraja past bo‘ladi. Harorat kechalari 3-8 daraja iliqqacha, shimoliy hududlarda 0-2 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 13-18 darajadan yuqori bo‘lmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter