Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UNWTO Samarqandda «Eng yaxshi turizm qishloqlari»ni taqdirlaydi

UNWTO Samarqandda «Eng yaxshi turizm qishloqlari»ni taqdirlaydi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida «Eng yaxshi turizm qishloqlari» nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, UNWTO tomonidan har yili iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan barqaror rivojlanayotgan, shuningdek, mahalliy qadriyatlar va an’analarni saqlab qolib, targ‘ib qilib kelayotgan eng yaxshi qishloq turizm qishlog‘ini aniqlaydi.

«Eng yaxshi turizm qishloqlari» nominatsiyasi UNWTO tomonidan 2021 yilda nafaqat rivojlangan hududlarga, balki o‘z qadriyatlarini saqlagan va an’analarini targ‘ib qilayotgan qishloqlarga sayyohlar e’tiborini jalb qilish maqsadida ta’sis etilgan, – deydi Turizm qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Mansur Melikov. — Bu galgi nomzodlar ro‘yxatida O‘zbekistonning 5 ta manzili — Samarqand viloyatidagi «Konigil», Navoiy viloyatidagi «Sentob», Surxondaryo viloyatidagi «Sangardak», Jizzax viloyatidagi «Uxum» va Farg‘ona viloyatidagi «Avval» turizm qishloqlari ham bor».

Ta’kidlash joizki, «Eng yaxshi turizm qishloqlari» taqdirlash marosimi bu yil uchinchi bor o‘tkaziladi. Marosim oldingi yillardagi kabi a’zo davlatlarning yuqori darajali a’zolari, shuningdek, qishloq jamoalari vakillarini birlashtiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring