Universitetning boshqarma boshlig‘i «tuzoq»qa tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Amudaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro F.Yu. fuqaro S.O.ni «Berdaq» nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining «Jismoniy madaniyat» fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda ushbu universitetning o‘quv uslubiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan B.D. fuqaro F.Yu.dan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Amudaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda fuqaro Sh.Ye. va Nukus tibbiyot texnikumi ichki nazorat bo‘limi inspektori D.N. fuqarolar Sh.K., I.Yu. va O.S.ni ushbu texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 12 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter