Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘monga «Mekunu» to‘foni yopirildi

O‘monga «Mekunu» to‘foni yopirildi

Foto: «Weather.com»

Ko‘rfaz davlatlaridan O‘mon janubidagi Zufar shahriga «Mekunu» to‘foni yopirildi. Buning oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Euronews» xabar tarqatdi.

Halok bo‘lganlardan biri 12 yoshli qiz bo‘lib, u kuchli shamol tufayli boshi bilan devorga qattiq urilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan ikkinchi kishi avtomobilida ketayotgan  paytda to‘fon ko‘tarilishi oqibatida yo‘l transporti hodisasiga uchragan.

Soatiga 170 kilometr tezlikda esayotgan to‘fon sababli shu paytgacha 3 kishi tan jarohati oldi. Minglab kishilar xavfsiz joyga ko‘chirildi.

To‘fon Yamanning Sokotra oroli bilan birga, Mahra, Xazromavt, Shabva, Abyon va Adan shaharlarida ham kuzatilyapti.

Sokotra oroli «Falokat hududi» deya e’lon qilindi.

Tabiiy ofat sababli Yaman g‘arbidagi Mahra viloyatining O‘mon bilan chegaradosh Sarfit posti ham yopilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring