Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umid Ahmadjonov «Surxon» — «Paxtakor» uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilmoqda

Umid Ahmadjonov «Surxon» — «Paxtakor» uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilmoqda

Foto: «ufa.uz»

Ayni paytda Coca Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Surxondaryoning «Surxon» jamoasi Toshkentning «Paxtakor» klubini qabul qilyapti. Birinchi bo‘limdan so‘ng hisob ochilganicha yo‘q. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limi davom etmoqda.

Katta futbolni sog‘inib qolgan surxondaryolik futbol muxlislari bugun stadionni to‘ldirib, o‘z sevimli jamoalari qo‘llab-quvvatlab turishibdi. «Surxon» jamoasi ayni paytda musobaqa jadvalida 3-pog‘onada borayotganini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Ular mavsumni juda ajoyib tarzda boshlashdi.

Turning markaziy o‘yinlaridan biri bo‘lgan «Surxon» — «Paxtakor» uchrashuvini O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bevosita stadiondan tomosha qilmoqda. Shuningdek, Umid Ahmadjonov bilan birgalikda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi To‘ra Bobolov, O‘FA va Surxondaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari ham o‘yinni stadiondan tomosha qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring