Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uloqtirilgan ruchka qizning ko‘ziga jarohat yetkazdi. Qizning onasi «zamdirektor»ni kaltakladi

Uloqtirilgan ruchka qizning ko‘ziga jarohat yetkazdi. Qizning onasi «zamdirektor»ni kaltakladi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda maktab direktori o‘rinbosari kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 17 noyabr kuni Toyloq tumanidagi 6-son umumta’lim maktabi o‘quvchisi — 2007 yilda M.D. dars vaqtida ruchkani sinfdoshiga qarata otgan. Ruchka uning sinfdoshi — 2007 yilda tug‘ilgan X.N.ning ko‘ziga tegib, jarohat yetkazgan.

O‘quvchi shifoxonaga olib borilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holatdan xabar topgan voyaga yetmagan X.N.ning onasi — Toyloq tumani «Davlatobod» mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan V.Sh. umumta’lim maktabiga borib, maktab direktorining ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bilan tortishib, qizining shu ahvolga tushishiga uni sababchi qilib ko‘rsatib, turli joylariga urib, jarohat yetkazgan.

Hozirda holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring