Anons. Ularga fonogramma va ommabop aranjirovkalar yot...
So‘z, qalb va musiqa uyg‘unligi, noyob baxshichilik san’ati... Baxshilarga fonogramma va ommabop aranjirovkalar yot, ularning mahorat sirlari avloddan avlodga, og‘izdan og‘izga o‘tib keladi.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati tomonidan suratga olingan hujjatli film baxshilarning betakror an’analariga bag‘ishlangan. Film ushbu qadimgi san’at yangi hayot boshlayotgani, davlatimiz rahbarining bebaho merosni asrab-avaylash, milliy san’at tarixini o‘rganish va ommalashtirish, uni yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish borasidagi tashabbuslaridan so‘zlaydi.
Termizda bo‘lib o‘tgan birinchi xalqaro festival, baxshilar maktabi ochilishi va yana ko‘plab tashabbuslar. Ular baxshilar ijodiga yangi nafas olib kirdi, butun dunyo xalq dostonchiligi jozibasi va sehridan bahramand bo‘ldi. Zero, doston — yurak sadosi.
«Yurak sadosi» – baxshichilik san’ati haqidagi hujjatli filmni «O‘zbekiston 24» telekanali hamda Prezident Matbuot xizmatining «Facebook» va «YouTube»dagi rasmiy sahifalarida tomosha qiling.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter