Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainaning tuzli zamini — Soledar urushgacha va so‘ng (foto)

Ukrainaning tuzli zamini — Soledar urushgacha va so‘ng (foto)

Illyustrativ foto

Maxar kompaniyasi Ukrainadagi Soledar shahrining sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarini e’lon qildi.

Urushdan qanday iz qoladi? Suratlarga qaraymiz, izohga til bormaydi.

Birinchi surat: Soledar, 2022-yil 1-avgust
Ikkinchi surat: Soledar, 2023-yil 10-yanvar 

Shahardan nom-nishon qolmagan. Vayronalar... Soledar so‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi eng olovli jang maydonlaridan biriga aylangandi.

Ma’lumot uchun: Soledar (ukr. Soledar; 1965–1991-yillarda — Karlo-Libknextovsk) — Ukrainaning Donetsk viloyati Baxmut tumanida joylashgan shahar. Hozirgi shahar o‘rnida XVII asrda Bryansevka (Belouspenovka) qishlog‘i bo‘lgan. Kazaklar yashagan qishloq asosan tuz tayyorlash bilan shug‘ullangan (hozirgi nomi shundan). 1965-yilda shahar maqomini olgan. Aholisi — 10 490 kishi (2022-yilgi ma’lumot).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring