Ukrainani tiklash uchun qancha mablag‘ kerakligi ochiqlandi
Urushdan keyin Ukrainani qayta tiklash uchun 500 milliard yevro mablag‘ zarur bo‘ladi. Bu haqda Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde Avstriyaning «Die Presse» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
«Avvalroq biz Yevropa komissiyasi va Ukraina hukumati bilan birgalikda Ukrainani Yevropa standartlari darajasida tiklash uchun qancha mablag‘ zarur bo‘lishi bo‘yicha raqam e’lon qilgan edik. Iyun oyi boshi holatiga ko‘ra bu 350 milliard yevro edi», – deydi JB vitse-prezidenti.
Ammo harbiy harakatlar tufayli vayronagarchilik ko‘lami yanada oshdi va tiklanish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ miqdori ham ko‘paydi.
Nufuzli bank vakili Ukrainani oyoqqa qo‘yish uchun «Marshall rejasi» kabi pishiq-puxta dastur lozimligini urg‘ulagan. Qayd etilishicha, bu ham davlat, ham xususiy sektor mablag‘i bo‘lishi lozim.
Anna Berde urush tufayli Ukrainada qashshoqlik ko‘rsatkichi 2 foizdan 25 foizga ortishini ham ma’lum qilgan.
«Jahon banki ushbu urushning gumanitar oqibatlari fojiaviy bo‘lishini ta’kidlab kelmoqda. Bu borada bir necha raqamni keltirib o‘tsam: 2022 yil oxirida Ukrainada qashshoqlar soni 8 million kishiga yetadi. Shu tariqa qashshoqlik darajasi aholining 2 foizidan 25 foiziga qadar oshadi», – deydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter