Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainalik amaldor o‘ta keskin bayonot berdi. Kreml uni «dahshatli» deya atadi

Ukrainalik amaldor o‘ta keskin bayonot berdi. Kreml uni «dahshatli» deya atadi

Kirill Budanov.

Ukraina Mudofaa vazirligining bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov keskin bayonot bilan chiqdi. 

Yahoo News nashriga berilgan intervyuda aytilishicha, amaldor Ukraina g‘alabasiga qadar «rossiyaliklarni dunyoning istalgan nuqtasida o‘ldirishga» va’da bergan.

U rasmiy Kiyevning Moskva viloyatida rossiyalik yozuvchi va faylasuf Aleksey Duginning qizi Darya Duginaning o‘ldirilishiga aloqadorligi haqidagi savolga shunday izoh berdi.

«Bu mavzuni davom ettirmang. Men faqat shu narsani izohlayman: biz ruslarni o‘ldirganmiz va Ukraina to‘liq g‘alabasigacha dunyoning istalgan nuqtasida ruslarni o‘ldiramiz», — degan Budanov.

U nashrga aprel oyida intervyu bergan, ammo material 6 may kuni chop etilgan. 

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kirill Budanovning rossiyaliklarning o‘ldirilishi haqidagi so‘zlariga izoh berib, ularni «dahshatli bayonot», shuningdek, Ukrainaning «terrorchilik faoliyati»ga aloqadorligini isbotlovchi dalillar deb atadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring