Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ukrainaga tank yetkazib beruvchi davlatlar soni 12 taga yetdi» – Zelenskiy

«Ukrainaga tank yetkazib beruvchi davlatlar soni 12 taga yetdi» – Zelenskiy

Kecha, 26 yanvar kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining kechki nutqida Kanadaning Ukrainaga tank berishga tayyor davlatlar qatoriga qo‘shilishi bilan Ukrainaga tank yetkazib beruvchi tank koalitsiyasidagi mamlakatlar soni 12 taga yetganini ma’lum qildi.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiya agressiyasini faqat tegishli qurollar bilan to‘xtatish mumkin va Rossiya Federatsiyasi tomonidan Ukraina shaharlariga otilgan har bir raketa hamda uchuvchisiz dronlar Ukrainaga nima uchun ko‘proq qurolga ehtiyoj borligiga dalildir.

«Faqat qurol terrorchilarni zararsizlantiradi. Men dunyoda biz bilan birgalikda terrorga qarshi kurashayotgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Kim Ukrainaga zarur mudofaa uskunalarini yetkazib berishni tezlashtirmoqda va kim terrorchi davlatga nisbatan sanksiyalar bosimini oshirishga tayyor. Xususan, biz tank koalitsiyamizni kengaytirmoqdamiz - Kanadadan tegishli qaror bor, buning uchun rahmat. Bizning tank koalitsiyamiz tarkibida allaqachon 12 davlat bor», — deya qo‘shimcha qildi u.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy hisobda Ukraina 100 ga yaqin «Leopard-2» tanklarini qabul qilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring