Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ukrainaga nisbatan yadro quroli ishlatilsa, Xitoy uni himoya qilishga majbur» – Yaponiya bosh vaziri

«Ukrainaga nisbatan yadro quroli ishlatilsa, Xitoy uni himoya qilishga majbur» – Yaponiya bosh vaziri

Xitoy Ukrainaga qarshi yadro quroli qo‘llangan taqdirda uni himoya qilishga majbur, bunga 2013 yilda Pekin va Kiyev rahbarlari o‘rtasida imzolangan kelishuv guvohlik beradi. Bu haqda Yaponiya bosh vazir Fumio Kisida parlament yig‘ilishida ma’lum qildi.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida parlament quyi palatasi qo‘mitasidagi muhokamalar chog‘ida Xitoy va Ukraina erishgan kelishuvlarga to‘xtalib o‘tdi.

Kisida Pekin va Kiyev 2013 yilda samarali hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolaganini eslatdi. Hujjatga ko‘ra, Ukraina Xitoyning «yadro soyaboni» ostida hisoblanadi.

«Ukrainani «yadroviy soyabon» himoya qiladimi, degan savolga javob berar ekanman, men Xitoy va Ukraina o‘rtasidagi samarali hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlardan xabardor ekanligimni aytaman. O‘sha paytda e’lon qilingan qo‘shma bayonotga ko‘ra, Xitoy boshqa bir davlat Ukrainaga bostirib kirishi yoki yadroviy qurol yordamida bostirib kirish tahdidi yuzaga kelgan taqdirda Ukrainaga o‘zaro xavfsizlik kafolatlarini berishga rozi bo‘lgan», – deya ta’kidlagan siyosatchi.

Ma’lumot o‘rnida, 2013 yilning dekabr oyida Ukrainaning o‘sha paytdagi prezidenti Viktor Yanukovich Xitoyga uchib, Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Muzokaralar natijasida, Xitoy 1994 yil 4 dekabrdagi bayonotiga asoslanib, mamlakat yadroviy maqomdan voz kechganini hisobga olib, hech qachon Ukrainaga qarshi yadro qurolini qo‘llamaslik va undan foydalanish bilan tahdid qilmaslik majburiyatini olgan.

Bundan tashqari, Xitoy Ukrainaga agar u yadro qurolidan foydalanish yoki bunday tajovuz tahdidi bilan agressiya qurboniga aylansa, Xitoy uni himoya qilish uchun yadro arsenalidan foydalanishini kafolatlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring