Ukrainadan o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish yakunlandi
28 fevraldan beri Ukrainadan Polsha hududi orqali 25 havo qatnovi vositasida 5786 nafar fuqaro O‘zbekistonga eltib qo‘yilgan. Shu bilan evakuatsiya qilish jarayoni nihoyasiga yetdi.
Aytilishicha, Ukraina–Polsha chegarasida konsullik xodimlari, Varshavadagi elchixonada tuzilgan shtab 18 kun davomida tun-u kun ishlagan.
O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Boboyevning so‘zlariga ko‘ra, «bu juda murakkab va xavotirli davr bo‘ldi, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun mas’uliyat Ukraina va Polshadagi diplomatiya vakolatxonalarimiz zimmasiga yuklatildi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter