Ukrainada yuqori martabali ikki rossiyalik harbiy halok bo‘ldi

Rossiyalik general Vyacheslav Makarov va polkovnik Yevgeniy Brovko Ukrainadagi urush zonasida halok bo‘lgan.
Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Vyacheslav Makarov Krasnoye tumanidagi jangni boshqargan va og‘ir yarador bo‘lib, hayotdan ko‘z yumgan.
Yevgeniy Brovko Baxmutdagi hujumni qaytarish chog‘ida halok bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter