Ukrainada qo‘y tasviri tushirilgan tangalar chiqariladi
Ukraina markaziy banki mamlakatda yangi 5 griven nominallik esdalik tangalar bosib chiqarilishi haqida e’lon qildi. Tangalarni bugun, 28 fevraldan onlayn buyurtma qilish mumkin bo‘ladi, ammo ular 14 martdan muomalaga kiritiladi.
Markaziy bankning ta’kidlashicha, tanga «tasviri turli davrlarning madaniy yodgorliklarida aks etgan qo‘yga bag‘ishlangan». Yangi tanga «Fauna Ukraina madaniy yodgorliklarida» seriyasi doirasida bosib chiqariladi.
Tangalar 925 probali kumushdan tayyorlangan bo‘lib, 4 ming adadda chiqariladi. Uning bir tomonidagi qo‘yning kalla qismiga tilla bilan ishlov berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter