Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada koronavirusga chalingan har beshinchi bemor tibbiyot xodimi

Ukrainada koronavirusga chalingan har beshinchi bemor tibbiyot xodimi

Foto: «Amp.fakty.ua»

Ukrainalik tibbiyot xodimlari orasida yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri Maksim Stepanovga tayanib «RIA Novosti» xabar bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikni yuqtirgan tibbiyot xodimlarining aniq soni — 1031 ta. Mamlakatda jami 5449 kishi, jumladan, 358 nafar bola koronavirusga chalingan. Shu tariqa virusni yuqtirgan har beshinchi odam sog‘liqni saqlash sohasi xodimi bo‘lib chiqyapti.

14-aprelda Ukrainada 594 nafar tibbiyot xodimida yangi infeksiya aniqlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring