Ukrainada AQSh diplomati o‘lik holda topildi

Kiyevda Taras Shevchenko xiyobonida joylashgan Hilton mehmonxonasida AQSh elchixonasi attashesi jasadi topildi, deb xabar berdi Strana.ua huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga asoslanib.
«Kecha (25-iyun) taxminan soat 11:00da AQSh elchixonasi attashesi mehmonxona xonasidan jonsiz holatda topildi. Jasadda zo‘ravonlik belgilari topilmadi», — dedi manbalardan biri.
AQSh elchixonasi tomonidan taqdim etilgan tibbiy ma’lumotlarga ko‘ra, erkak yuqori xolesterin bilan og‘rigan.
Manbalarga ko‘ra, marhum diplomat Ukrainaga 15-iyun kuni yetib kelgan.
Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter