Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda Abramovich nima qilyapti?

Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda Abramovich nima qilyapti?

Foto: EPA/UPG

Rossiyalik tadbirkor, milliarder Roman Abramovich Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokara jarayonlarida juda samarali vositachi vazifasini bajaryapti. Buni bugun, 30-mart kuni o‘tkazilgan brifingda Ukraina prezidenti Ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak ta’kidladi.

«U (Abramovich — tahr.) delegatsiyalar o‘rtasidagi juda samarali vositachi hisoblanadi. Ya’ni oxir-oqibat tomonlar o‘rtasida tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun, u jarayonlarda qisman moderatorlikni o‘z zimmasiga olmoqda. Bir tomon nimanidir ilgari suradi, boshqa tomon muzokaralar jarayoni logistikasi nuqta nazaridan buni to‘g‘ri anglamasligi mumkin», — dedi Podolyak.

U Roman Abramovichning zaharlangani to‘g‘risidagi gap-so‘zlarga ham munosabat bildirib o‘tdi. Podlyakning fikricha, bular delegatsiyalarga bosim o‘tkazish, ularni diqqatni jamlashdan chalg‘itish uchun uyushtirilgan spekulyativ, konspirologik uydirmalar, xolos.

Roman Abramovich Rossiya-Ukraina muzokaralariga har ikki tomon tasdig‘i bilan jalb etilgani haqidagi ma’lumotni Kreml tasdiqlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring