Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina tashqi ishlar vaziri Rossiya va Ukraina kelishuvi haqida gapirdi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Rossiya va Ukraina kelishuvi haqida gapirdi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning aytishicha, Rossiya va Ukraina xalqaro vositachilar yordamida Ukraina portlarini don eksporti uchun ochish bo‘yicha kelishuvga deyarli erishgan.

«Haqiqatan ham, hozircha biz juda ilg‘or bosqichdamiz. Va umid qilamizki, Rossiya Federatsiyasi o‘zini mas’uliyatli tutadi va ushbu shartnoma loyihasida ko‘zda tutilgan majburiyatlarni imzolaydi», dedi Kuleba Rada TV efirida.

Kuleba muzokaralarda nafaqat milliy hukumatlar vakillari, balki xalqaro tashkilotlar vositachilari ham ishtirok etayotganini va butun jarayon juda murakkab ekanini ta’kidladi.

«Diplomatiyada shunday qoida bor — «hamma narsa kelishib olinmaguncha hech narsa kelishib bo‘lmaydi. Hamma narsa har daqiqada buzilishi mumkin»,  — deydi ukrainalik vazir.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada tomonlar ishtirokida Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgandi. Eronda Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on bilan uchrashgan Vladimir Putin bu bo‘yicha turk liderida minnatdorchilik bildirgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring