Ukraina Rossiya bilan muloqotga tayyor, faqat mamlakatning yangi prezidenti bilan...
![Ukraina Rossiya bilan muloqotga tayyor, faqat mamlakatning yangi prezidenti bilan...](https://static.xabaruz.com/crop/2/1/720_460_95_2152163956.jpg)
Ukraina Rossiya bilan muloqotga tayyor, faqat mamlakatning kelgusi prezidenti bilan, deya bayonot berdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. Bu haqda Ukraina Oliy radasi telegram-kanalida xabar berildi.
Zelenskiy, shuningdek, Ukraina NATOga tezlashtirilgan tartibda a’zo bo‘lish uchun ariza topshirishini ma’lum qildi.
«De-fakto biz NATOgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdik. De-fakto biz Shimoliy Atlantika alyansi standartlariga muvofiqligimizni isbotladik... Biz bir-birimizga ishonamiz, ko‘maklashyapmiz, himoya qilyamiz...
Buni huquqiy mustahkamlash uchun bugun Ukraina ariza topshiradi... Ukraina NATOga tezlashtirilgan tartibda a’zolikka kirishi uchun biz aniq qadamlarni tashlaymiz», — dedi Zelenskiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter