Ukraina osmonida Rossiya general-mayori boshqaruvidagi samolyot urib tushirildi
Ukraina osmonida Rossiya harbiy-havo kuchlarining iste’fodagi general-mayori Kanamat Botashev boshqaruvidagi samolyot urib tushirildi. Uchuvchi halok bo‘lgan.
BBC yozishicha, general-mayorning halokatini uning qo‘l ostidagi uch shaxs tasdiqlagan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan, ularning shaxsi oshkor qilinmagan.
Botashev — Ukrainadagi harbiy harakatlar davomida halokatga uchragani ma’lum bo‘lgan eng yuqori unvonli uchuvchi. Iste’foga qadar u aviatsiya polkini boshqargan. Havo janglarida bu darajada yuqori unvonli zobitning qatnashishi, birinchidan, Moskva harbiy uchuvchilarga juda qattiq talab qo‘yayotganini, ikkinchidan, yuqori malakali mutaxassislar yetishmayotganini anglatadi, deb yozdi BBC.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter