Ukraina Mo‘g‘ulistonga Putinning qamoqqa olinishi bo‘yicha murojaat qildi
Ukraina Mo‘g‘ulistonni Putinni hibsga olib, Xalqaro jinoiy sudga topshirishga chaqirdi.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Mo‘g‘uliston rasmiylarini Rossiya prezidenti Vladimir Putinni bo‘lajak tashrifi chog‘ida hibsga olib, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudga topshirishga chaqirdi.
«Ukraina tomoni Mo‘g‘uliston hukumati Vladimir Putin harbiy jinoyatchi ekanligini tushunishiga umid qilmoqda. Yurisdiksiyasi Mo‘g‘uliston tomonidan tan olingan Xalqaro jinoiy sud tomonidan ukrainalik bolalarni Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy ravishda majburan o‘tkazishda gumon qilinib, hibsga olinishi uchun order berildi», — deyiladi Ukraina TIV rasmiy bayonotida.
«Mo‘g‘uliston hukumatini majburiy xalqaro hibsga olish orderini bajarishga va Putinni Gaagadagi xalqaro jinoiy sudga topshirishga chaqiramiz», — deya xulosa qiladi Ukraina TIV.
Eslatib o‘tamiz, Putin 3-sentyabrda rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonga boradi. Bu 2023-yil mart oyidan buyon Putinning XJS yuridiksiyasini tan oladigan davlatga ilk tashrifi bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter