Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Markaziy Osiyo prezidentlarining Moskvaga borishiga munosabat bildirdi

Ukraina Markaziy Osiyo prezidentlarining Moskvaga borishiga munosabat bildirdi

Ukraina tashqi ishlar vazirligi Markaziy Osiyoning besh respublikasi prezidentlarining Moskva paradidagi ishtirokidan norozilik bildirdi. 

Idoraning bayonotida aytilishicha, Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlari natsizm ustidan g‘alabaga beqiyos hissa qo‘shgan, va «Putin tomonidan uyushtirilayotgan soxta aksiyaga qo‘shilishiga munosib emas». 

TIV munosabatiga ko‘ra, «tadbir davomida harbiy jinoyatlari uchun xalqaro sud tomonidan qidiruvga berilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ukrainaliklarning o‘ldirilishi, Ukraina shahar va qishloqlarining vayron qilingani, ukrainalik bolalarning o‘g‘irlab ketilgani va bosib olingan Ukraina hududlari aholisiga qarshi repressiyalarni oqladi».

Parad ishtirokchilariga Rossiyaning Ukrainaga qarshi o‘n yil ketma-ket olib borayotgan beg‘araz agressiv urushida qatnashayotgan Rossiya harbiy texnikasi namoyish etilgani aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring