Ukraina Indoneziyaning tinchlik taklifiga munosabat bildirdi
Ukraina tashqi ishlar vazirligi vakili Oleg Nikolenko Rossiya bilan urushni to‘xtatish va tinchlik o‘rnatish yuzasidan Indoneziya tomonidan ilgari surilgan tashubbusga munosabat bildirdi.
«Rossiya Ukraina hududidan daf bo‘lishi kerak. Ukraina xalqaro miqyosda tan olingan chegaralarda o‘z hududiy yaxlitligini tiklamog‘i lozim. Bunga muqobil ssenariylar bo‘lishi mumkin emas», ؘ– deydi Kiyev vakili.
2 iyun kuni Indoneziya mudofaa vaziri Prabovo Subianto urushni to‘xtatish bo‘yicha taklif ilgari surgan edi. Unga ko‘ra, ikki tomon o‘q otishni to‘xtatadi, qo‘shinlar 15 km masofaga ortga siljib, harbiy harakatlardan xoli hudud hosil qilinadi hamda ushbu hududga xalqaro tinchlikparvar kuchlar kiritiladi. Indoneziya vaziri nizoli hududlarda ko‘pchilik aholi xohish-irodasini bilish uchun BMT shafeligida referendum o‘tkazishni ham tavsiya etgan.
Ukraina TIV vakili O.Nikolenkoga ko‘ra, Rossiya armiyasi Ukraina hududidan chiqmay turib o‘t ochishni to‘xtatish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Hozirgi sharoitda otashkesim bitimi faqat Rossiya foydasiga ishlaydi: Moskva holdan toygan qo‘shinga bir muddat tin berib, yana qayta bosqinni kuchaytiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter