Zelenskiy harbiylarga qimor o‘ynashni taqiqladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu haqda farmon imzoladi.
Fvrmon bilan tasdiqlangan Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qarorida aytilishicha, qo‘mondonlik «harbiy holat rejimi davrida harbiy xizmatchilarning qimorxonalarga kirishini yoki internetda qimor o‘yinlarida ishtirok etishini darhol taqiqlashi» kerak.
Bundan tashqari, onlayn kazinolarni reklama qilishga cheklovlar joriy etilmoqda. Zelenskiy, shuningdek, Ukraina Xavfsizlik xizmatiga ikki oy ichida qimor o‘yinlari tashkilotchilarining Ukraina qonunchiligiga muvofiqligini tekshirishni buyurdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter