Ukraina YeIga qo‘shilishi uchun nimalar qilishi kerakligi aytildi
Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishdan oldin Ukraina korrupsiyani yengib, iqlim o‘zgarishi muammosini tartibga solishni joriy qilishi kerak, deydi Polsha prezidenti Anjey Duda Common Future iqtisodiy forumida.
Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirmoqda.
«Ukraina korrupsiyani yengishi kerak. Boshqaruv va iqtisodiyotda shaffof mexanizmni joriy etish, qonunchilikka rioya qilishni ta’minlash, iqlimni tartibga solish zarur.
Muxtasar qilib aytganda, juda muhim va juda qiyin o‘zgarishlarga erishish lozim», deydi Duda.
Polsha rahbari ta’kidlaganidek, Kiyev «postsovet merosini butunlay yengishi» kerak.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina 2022-yildan buyon Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter