Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina dronlari Moskvaga hujum qilgani aytilmoqda

Ukraina dronlari Moskvaga hujum qilgani aytilmoqda

Bugun, 30 may kuni ertalab Rossiya poytaxti Moskva shahriga Ukraina dronlari hujum qilgani aytilmoqda. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin xabar bermoqda.

Ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchisiz samolyotlarning bir qismi Moskva viloyatidagi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan. 3 ta uchuvchisiz dron Moskva shahridagi uylarning tomiga qulab tushgan.

Poytaxt meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, shaharga uchuvchisiz samolyot hujumi natijasida bir qancha binolar biroz shikastlangan, hech kim jiddiy jarohat olmagan.

O‘z navbatida, Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov poytaxtga yaqinlashayotganda bir nechta uchuvchisiz samolyotlar urib tushirilganini, havo hujumidan mudofaa tizimi ishlaganini aytdi.

Hozircha hujum haqida Ukraina tomoni rasmiy ma’lumot bergani yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring