Ukraina bosh qo‘mondoni 10 nafar generalni bo‘shatdi, yana biri o‘zini otib qo‘ydi

Valeriy Zalujniy Rossiya bilan urush boshlanganidan beri 10 generalni ishdan bo‘shatdi, yana biri o‘zini otib qo‘ydi. Bu haqda Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni «The Economis»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Har qanday vaziyatda ham inson bo‘lib qolish eng muhimi. Urush boshlanganidan beri men o‘nta generalni ishdan bo‘shatganman, chunki ular buni uddalay olmadilar. Yana biri o‘zini otib qo‘ydi», dedi u.
Avvalroq Ukrainadagi urushda qo‘mondonlik qilgan bir nechta rus generallari ham bo‘shatilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter