Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uganda sudi advokatni 16 yilga qamadi

Uganda sudi advokatni 16 yilga qamadi

Foto: «Premium Times Nigeria»

Uganda sudi advokat Bob Kasangoni 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Kasango va ijtimoiy ta’minot vazirligidagi sheriklari pensionerlar uchun ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirishda ayblangan, deb yozmoqda «Daily Monitor Uganda».

Sud hukmiga ko‘ra, ijtimoiy xizmat sobiq kotibi Jimmi Lvamafa hamda badallar bo‘yicha mas’ul (sobiq) Stiven Kivanuka Kunsa 9 yilni, pensiya pullarini ajratishga mas’ul (sobiq) Kristofer Obey esa 14 yilni panjara ortida o‘tkazadi.

Ushbu jinoiy to‘daning rahbari — advokat Kasango esa ko‘p sonli o‘g‘riliklarda ayblandi, u hujjatlarni qalbakilashtirish evaziga 15,4 milliar uganda shillingi (taxminan 4,1 million AQSh dollari)ni qo‘lga kiritishga uringan.

Bu pul to‘rtovlonga qarashli «Hall and Partners» yuridik firmasi hisobraqamiga o‘tkazib yuborilgan. Holbuki, prokurorning bayonot berishicha, bu pullar Ugandada yashovchi 6340 nafar qariyaning pensiya puli edi.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Uganda chinakamiga oyoqqa turmoqda, ayni paytda mamlakat biznes yuritish uchun qulaylik reytingida Afrikada ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring