UEFA Zlatan Ibragimovichni jarimaga tortdi
UEFA Zlatan Ibragimovichni bukmeker idorasi bilan aloqadorligi uchun 50 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi.
UEFA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, «Milan» futbolchisi Zlatan Ibragimovich Bethard bukmeker idorasi bilan aloqasi uchun 50 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UEFA Ibragimovichga qarshi tergov ishini boshlagan edi. Shuningdek, 40 yoshli shved futbolchisiga bukmeker idorasi bilan har qanday aloqani to‘xtatish buyurilgan. «Milan» jazo sifatida 25 ming yevro jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter