Lazer ishlatilgani uchun Angliya futbol assotsiatsiyasiga chora ko‘rildi
UEFA Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA)ni €30 ming jarimaga tortdi. Tashkilot matbuot xizmati bugun xabar berishicha, ingliz muxlislari Daniya – Angliya ishtirokidagi yarimfinal o‘yinida bir qator tartiblarni buzishgan.
Xususan, ular lazer nurlari (foto), pirotexnikadan foydalanishgan, qolaversa, madhiya ijro etilayotgan paytda hurmatsizlik ko‘rsatishgan.
Eslatib o‘tamiz, 7-iyul kuni o‘tgan o‘yinda Angliya Daniya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Yevro-2020 finaliga chiqqandi. O‘shanda ikkinchi golni Garri Keyn o‘zi penaltidan tepgan to‘p qaytarilganidan so‘ng kiritgandi. O‘n bir metrlik jarima to‘pi tepilayotgan paytida ingliz muxlislari daniyaliklar darvozaboni Kasper Shmeyxelning ko‘ziga lazer nurini yo‘naltirib xalaqit berishgani keyinchalik ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter