Uchuvchi samolyotda o‘tirgan joyidan voyenkomatga olib ketildi
Rossiyaning Ufa shahridan Antalyaga uchishi rejalashtirilgan AzurAir aviakompaniyasi samolyoti uchuvchisi shturvalda o‘tirgan joyidan voyenkomatga olib ketildi. Oqibatda yo‘lovchilar Turkiyaga 9 soat kechikib uchishdi.
30-sentyabr kuni bo‘lgan ushbu hodisa hakida endi xabar berildi. Mkset nashri yo‘lovchilarning so‘zlariga asoslanib yozishicha, ular ikki soat kutishganidan so‘ng ovozkuchaytirgich orqali ZF1291 reysining ikkinchi uchuvchisiga qisman safarbarlik doirasida chegarani kesib o‘tish taqiqlangani e’lon qilingan.
Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, voyenkomatning chaqiruv qog‘ozi uchuvchiga uyida topshirilgan, u esa voyenkomatga bormagan va rahbariyatini ham xabardor qilmagan. Aviakompaniya hodisadan so‘ng chaqiruv olganlar rahbariyatni xabardor etmasa intizomiy chora ko‘riladi, deya ogohlantirdi.
Ertalabki soat 05:20 da uchishi kerak bo‘lgan Boeing 757-200 samolyoti 9 soat va 28 daqiqa o‘tib osmonga ko‘tarilgan. Bungacha yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter