Uchtepa tumanida 8 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Kecha, 31 may kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida TXAY - Zargarlik ko‘chalari kesishgan chorrahasida 8 ta transport vositalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, «KAMAZ» rusumli yukmashinasi, 3 ta «Lacetti», 2 ta «Spark», «Nexia-3» va «Matiz» avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida «Lacetti» rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohat olib shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter